Sardobadagi fojia

2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to’g’oni qisman o’pirildi.

Oradan qariyb bir yil o’tgach, Kun.uz tahririyati “Sardobalik baliqchilarning 100 milliarddan ortiq zarari qachon qoplanadi?” sarlavhasi ostida “Aziz-Shoxrux-Fayz” baliqchilik xo’jaligi tadbirkorlari bilan suhbatlashdi, suhbat jarayonida baliqchilik xo’jaligini qayta tiklash bo’yicha harajatlari xususan “KAPITAL SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoplab berilmagani aytib o’tildi.

1-havola. Sardobalik baliqchilarning 100 milliarddan ortiq zarari qachon qoplanadi? https://www.youtube.com/watch?v=HGRt2KekVrE&ab_channel=KunUZ

2-havola. Sardoba fojiasi keltirgan talafot – baliqchilar ko‘rgan zarar qachon qoplab beriladi? https://kun.uz/news/2021/03/16/sardoba-fojiasi-keltirgan-talafot-baliqchilar-korgan-zarar-qachon-qoplab-beriladi

Ichki tekshiruvlarimiz natijasida shular ma’lum bo’ldiki, “Aziz-Shoxrux-Fayz” baliqchilik xo’jaligi va “KAPITAL SUG’URTA” AJ o’rtasida birorta sug’urta shartnomasi tuzilmagani hamda “KAPITAL SUG’URTA” AJ ushbu da’volarga aloqador emasligi to’g’risida www.kun.uz saytiga raddiya berildi.

3-havola. «O‘zagrosug‘urta» va «Kapital sug‘urta» sirdaryolik baliqchilarning murojaati yuzasidan munosabat bildirdi. https://kun.uz/news/2021/03/22/ozagrosugurta-va-kapital-sugurta-sirdaryolik-baliqchilarning-murojaati-yuzasidan-munosabat-bildirdi

;