Bog'lanish
- +(99871) 200 1100
- office@go.kapitalsugurta.uz
-
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100000, M.Gandi ko'chasi 44-uy
Qulaylik uchun saytning mahsus imkoniyataridan foydalanishingiz mumkin !
Forumda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 100 dan ortiq delegatlar – yetakchi sug‘urta, qayta sug‘urtalash va brokerlik kompaniyalari vakillari hamda 50 dan ortiq xalqaro tashkilotlar ishtirok etgani tadbirga yuksak maqom va jahon miqyosi baxsh etdi.
Forumning maqsadi — energetika sohasidagi murakkab va katta mablag‘ talab etadigan tavakkalchiliklarni sug‘urtalashga oid samarali yondashuvlarni ilgari surish, tajriba almashish hamda mazmunli muloqot uchun platforma yaratishdan iborat. Forum energetikadagi sug‘urta amaliyotining asosiy jihatlariga bag‘ishlangan plenar majlislar, panel muhokamalar, sohaviy sharhlar va ekspert sessiyalari formatida o‘tkaziladi.
O‘z ishtirokini tasdiqlaganlar qatorida Al Ain Ahlia (BAA), Samsung Reinsurance (Koreya Respublikasi), Misr Insurance (Misr), Active Re (Barbados), BMI (AQSH), Trust Re (Bahrayn), Milli Re (Turkiya), Acwa Power (Saudiya Arabistoni) kabi kompaniyalarning top menejerlari, shuningdek, AON, Marsh, Howden va boshqa yetakchi brokerlik kompaniyalari vakillari mavjud. Bunday yuqori darajadagi ishtirokchilar tarkibi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va energetika sohasi uchun barqaror sug‘urta yechimlarini birgalikda izlashga yordam beradigan noyob ekspertlik muhitini yaratadi.
FAIR Energy Insurance and Risk Management Forum O‘zbekistonda sug‘urta sohasida o‘tkaziladigan bunday ko‘lamdagi birinchi xalqaro tadbir hisoblanadi. Ushbu Forumning yurtimizda tashkil etilishi, nafaqat mintaqaning jahon sug‘urta bozorida ortib borayotgan muhim o‘rnini, balki tadbir tashabbuskorlari va hamkorlari bo‘lgan sug‘urta bozorining yetakchilarining faol pozitsiyasining ham yorqin dalilidir.