• +(99871) 200 1100
  • Filiallar
  • Europrotocol

Maxfiylik siyosati

 

«KAPITAL SUG‘URTA" AJDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH SIYOSATI

"KAPITAL SUG‘URTA" aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 12-avgustdagi 386-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan

 

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1.1. «KAPITAL SUG‘URTA» AJda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish siyosati (keyingi oʻrinlarda — «Siyosat») Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi OʻRQ-547-son «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining «Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 fevraldagi 71-son «Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reestrini yuritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Internet jahon axborot tarmogʻida https://kapitalsugurta.uz/page/view/privacy manzilida erkin foydalanish uchun joylashtirilgan.

1.2. Mazkur Siyosatni qoʻllashda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 24 noyabrdagi 21-son qarorida shaxsiy nomulkiy huquqlarni, shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish huquqini himoya qilishga oid berilgan tushuntirishlar inobatga olinadi.

1.3. Mazkur Siyosat «KAPITAL SUG‘URTA» AJda (keyingi oʻrinlarda — «Jamiyat») jismoniy shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilishda qoʻllaniladigan axborot xavfsizligining asosiy prinsiplari tizimini belgilaydi.

1.4. Mazkur Siyosat ariza beruvchilar, xodimlar (sobiq xodimlar, xodimlarning qarindoshlari), mijozlar (sugʻurta qildiruvchilar, naf oluvchilar, sugʻurtalangan shaxslar), jabrlanuvchilar (sugʻurta hodisasi yuz berganda zarar yetkazilgan uchinchi shaxslar), Jamiyatning rasmiy veb-sayti/mobil servislari (ilovalari, platformalari) foydalanuvchilari, sugʻurta agentlari va shaxsga doir ma'lumotlari Jamiyat tomonidan ishlov beriladigan boshqa shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish tartibi va shartlarini, ularning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishda inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlash maqsadida belgilaydi.

1.5. Mazkur Siyosat yozma yoki elektron shaklda olingan, Jamiyatning rasmiy veb-sayti, mobil servislaridan foydalanish jarayonida olingan, shuningdek mazkur Siyosatning 6-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra uchinchi shaxslardan Jamiyat tomonidan olingan shaxsga doir ma'lumotlarga, mazkur Siyosat kuchga kirguniga qadar hamda kuchga kirganidan keyin olingan ma'lumotlarga nisbatan tatbiq etiladi.

1.6. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni qonuniylik, adolatlilik, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish, ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarning mazmuni va hajmini ishlov berishning belgilangan maqsadlariga muvofiqligi, shaxsga doir ma'lumotlarning haqqoniyligi va yetarliligi, ishlov berishni belgilangan maqsadlarga erishish bilan cheklash, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash prinsiplari asosida amalga oshiradi.

1.7. Mazkur Siyosatda belgilanmagan atamalar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunida belgilangan ma'nolarda qoʻllaniladi.

 

2-BOB. ATAMALAR VA TA'RIFLAR

2.1. Mazkur Siyosatda quyidagi atamalar qoʻllaniladi:

Shaxsga doir ma'lumotlar — elektron, qogʻoz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan axborot.

Maxsus shaxsga doir ma'lumotlar — irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e'tiqodlari, jamoat birlashmalariga, shu jumladan siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a'zoligi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatligiga oid ma'lumotlar, shaxsiy hayoti va sudlanganligi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar.

Biometrik ma'lumotlar — jismoniy shaxsning fiziologik va biologik xususiyatlarini (shu jumladan yuz tasvirini) tavsiflovchi, ular asosida uni biometrik identifikasiya qilish amalga oshiriladigan, shu jumladan davlatning «MyID» tizimida foydalaniladigan ma'lumotlar.

Genetik ma'lumotlar — jismoniy shaxsning biologik namunasini tekshirish natijasida olingan, uning irsiy yoki orttirilgan xususiyatlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar.

Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ekti (keyingi oʻrinlarda — «SHDM sub'ekti») — shaxsga doir ma'lumotlar taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs, shu jumladan Jamiyat bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan, Jamiyat tomonidan xizmat koʻrsatish shartlarini va (yoki) Jamiyatning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi (platformasi)da oferta shaklida taqdim etilgan boshqa qoidalarni qabul qilgan (akseptlagan), Jamiyatning internet-resursi funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirgan shaxs, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlari Jamiyat tomonidan uchinchi shaxslardan qonuniy asoslarda olingan shaxs.

Shaxsga doir ma'lumotlar operatori — Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 4-moddasi ma'nosida shaxsga doir ma'lumotlar bazasining mulkdori va operatori hisoblangan, shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bergan roziligi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda shaxsga doir ma'lumotlarga mustaqil ravishda ishlov beruvchi yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda ishlov berishni tashkil etuvchi «KAPITAL SUG‘URTA» Aksiyadorlik jamiyati.

Uchinchi shaxs — sub'ekt, mulkdor va (yoki) operator hisoblanmaydigan, biroq shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq holatlar yoki munosabatlar bilan ularga aloqador boʻlgan har qanday shaxs.

Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma'lumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir nechta harakatlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmagan holda amalga oshirish.

Uchinchi shaxs — sub'ekt, mulkdor va (yoki) operator hisoblanmaydigan, biroq shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs.

Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma'lumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir yoki bir nechta harakatlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmagan holda amalga oshirish.

Shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi — Jamiyat yoki shaxsga doir ma'lumotlarga ega boʻlgan boshqa shaxs tomonidan rioya qilinishi majburiy boʻlgan, SHDM sub'ektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagan holda ularning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik talabi.

Shaxsga doir ma'lumotlarning yaxlitligi — shaxsga doir ma'lumotlarning har qanday oʻzgarishi mavjud boʻlmagan yoki ularga oʻzgartirishlar faqat bunday huquqqa ega sub'ektlar tomonidan qasddan amalga oshiriladigan holati.

Shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligi — axborot tizimlarida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonida foydalanuvchilar, texnik vositalar va axborot texnologiyalarining shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va foydalanish imkoniyatini ta'minlash qobiliyati bilan tavsiflanadigan himoyalanganlik holati.

Shaxsga doir ma'lumotlarni yoʻq qilish — shaxsga doir ma'lumotlar axborot tizimida shaxsga doir ma'lumotlarning mazmunini tiklash imkonini bermaydigan va (yoki) shaxsga doir ma'lumotlarning moddiy tashuvchilari yoʻq qilinadigan harakatlar.

Rasmiy veb-sayt — Jamiyatga tegishli boʻlgan barcha domen nomlari darajalarini hisobga olgan holda https://kapitalsugurta.uz veb-sayti.

Mobil servislar — SHDM sub'ektining Jamiyat bilan masofadan oʻzaro hamkorligini, shu jumladan sugʻurta shartnomalarini rasmiylashtirish va ijro etishni ta'minlaydigan Jamiyatning mobil ilovasi, platformasi va boshqa dasturiy vositalari.

Cookie — Jamiyatning veb-serveri tomonidan yuboriladigan va Jamiyat veb-sayti(lari) foydalanuvchisining brauzerida saqlanadigan ma'lumotlarning kichik qismi. Jamiyat veb-sayti foydalanuvchisi tomonida ma'lumotlarni saqlash uchun qoʻllaniladi hamda foydalanuvchini autentifikasiya qilish, foydalanuvchining shaxsiy afzalliklari va sozlamalarini saqlash, foydalanuvchining kirish seansi holatini kuzatish, foydalanuvchilar toʻgʻrisida statistik ma'lumotlarni yuritish maqsadlarida foydalaniladi.

IP-manzil — IP protokoli asosida qurilgan kompyuter tarmogʻidagi tarmoq uzelining noyob manzili.

«MyID» — SHDM sub'ektining shaxsini va uning shaxsga doir ma'lumotlarining dolzarbligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxslarini masofadan biometrik identifikasiya qilish davlat tizimi.

«ANOR-ID» platformasi — «ANOR TECH» MChJning foydalanuvchining shaxsini identifikasiya qilish, autentifikasiya qilish va verifikasiya qilishni, shuningdek uning roziligi va topshirigʻi asosida identifikasiya natijasi va foydalanuvchining shaxsga doir ma'lumotlarini tasdiqlash natijasini Jamiyatga uzatishni ta'minlaydigan dasturiy-texnik majmuasi.

Masofadan identifikasiya qilish — SHDM sub'ektining shaxsan hozir boʻlishisiz «MyID» davlat tizimi va (yoki) «ANOR-ID» platformasidan foydalangan holda uning shaxsini aniqlash.

SHDM sub'ektining roziligi — SHDM sub'ekti oʻzining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga ruxsat beradigan ixtiyoriy, muayyan, xabardor qilingan va ongli ravishda bildirilgan iroda ifodasi; rozilik yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida, shuningdek yagona identifikasiya tizimi — ONE-ID orqali ruxsat berish va (yoki) Jamiyatning mobil servislarida yoki «ANOR-ID» platformasida rozilik belgisini qoʻyish yoʻli bilan ifodalanishi mumkin.

ONE-ID — SHDM sub'ekti oʻz shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish va ularni uzatish uchun ruxsat (rozilik) beradigan yagona identifikasiya tizimi.

Vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personallashtirish markazi boʻlib, shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining Davlat reestrini yuritadi.

 

3-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI YIGʻISH VA ULARGA ISHLOV BERISH MAQSADLARI

3.1. Jamiyat tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan fuqarolik, mehnat, ma'muriy, prosessual va sugʻurta qonunchiligi talablariga rioya qilish va ularni bajarish;
  • Jamiyat va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish, shu jumladan kadrlar zaxirasini shakllantirish va nomzodlarni tanlash, xodimlarni oʻqitish va xizmat pogʻonasi boʻyicha ragʻbatlantirish;
  • buxgalteriya hisobini yuritish, kadrlarga oid ish yuritish va sugʻurta operasiyalarini hisobga olish;
  • davlat va boshqa vakolatli organlarga (tashkilotlarga) talab etilgan hisobot shakllarini toʻldirish va taqdim etish;
  • fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish, bajarish va bekor qilish;
  • Jamiyatning Ustavi va lisenziyasiga muvofiq sugʻurta faoliyatini amalga oshirish;
  • SHDM sub'ektini rasmiy veb-saytda, Jamiyatning mobil servislarida (mobil ilova, platforma) roʻyxatdan oʻtkazish, identifikasiya va verifikasiya qilish, shu jumladan sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va sugʻurta shartnomasini masofadan turib tuzish maqsadida «MyID» davlat tizimi va (yoki) «ANOR-ID» platformasidan foydalangan holda masofaviy identifikasiya qilish;
  • sugʻurta shartnomalarini (sugʻurta polislarini, birgalikda sugʻurta qilish, qayta sugʻurtalash shartnomalarini) tuzish, oʻzgartirish, bekor qilish va bajarish;
  • Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayt, Jamiyatning avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalangan holda sugʻurta qildiruvchi (sugʻurtalangan shaxs, naf oluvchi) va Jamiyat oʻrtasida elektron shaklda axborot almashinuvini ta'minlash;
  • zararlarni tartibga solish (sugʻurta hodisalarini tekshirish va ma'muriy yuritish, sugʻurta tovonini toʻlash, sugʻurta hodisasi natijasida jabrlangan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash), shuningdek sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boshqa harakatlarni, shu jumladan subrogasiyani amalga oshirish;
  • sudga qadar va (yoki) sud ishlarini yuritish, shu jumladan debitorlik qarzdorligini undirish;
  • sugʻurta agentlari va brokerlari bilan shartnomalarni (bitimlarni) tuzish va ularni yuritish;
  • axborot tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish, xodimlar va sugʻurta agentlarining axborot tizimlariga kirish huquqlarini boshqarish (autentifikasiya qilish va foydalanuvchi hisob qaydlarini avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish);
  • toʻgʻridan-toʻgʻri marketingni amalga oshirish: sugʻurta mahsulotlari, xizmatlari, maxsus takliflar, aksiyalar, yangiliklar tarqatmasi va boshqa ma'lumotlarni taqdim etish;
  • SHDM sub'ektining roziligi bilan reklama xabarlarini (SMS, Email, Web push-xabarnomalar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmalar) yuborish;
  • mijozlarni qoʻllab-quvvatlash, axborot almashinuvini amalga oshirish va SHDM sub'ektlarining afzalliklarini aniqlash;
  • mijozlarni identifikasiya qilish va oʻrganish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirqin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa talablarini bajarish;
  • sugʻurta firibgarligining va boshqa insofsiz xatti-harakatlarning oldini olish va ularni aniqlash, shuningdek Jamiyatning axborot xavfsizligini ta'minlash;
  • amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ma'lumotlar va hujjatlarni saqlashni tashkil etish va ularning saqlanishini ta'minlash;

3.2. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning huquqiy asoslari SHDM sub'ektining roziligi, SHDM sub'ekti tomon boʻlgan shartnomani bajarish yoki shartnoma tuzilishidan oldin uning soʻroviga koʻra choralar koʻrish, Jamiyatga qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunining 18-moddasida nazarda tutilgan boshqa asoslar hisoblanadi.

3.3. Maxsus shaxsga doir ma'lumotlarga, shu jumladan shaxsiy va tibbiy sugʻurtani amalga oshirishda, shuningdek zararlarni tartibga solish jarayonida sogʻliq holati toʻgʻrisidagi ma'lumotlarga ishlov berish SHDM sub'ektining yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida berilgan roziligi mavjud boʻlgan taqdirda yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda amalga oshiriladi.

3.4. Jamiyat mazkur Siyosatning 3.1-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga mos kelmaydigan maqsadlarda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshirmaydi.

 

4-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUB'EKTLARI KATEGORIYALARI

4.1. Jamiyatda quyidagi SHDM sub'ektlarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov beriladi:

1. Ishga qabul qilish uchun nomzodlarning.

Ishga qabul qilish uchun nomzodlarning shaxsga doir ma'lumotlari — muayyan nomzodlarga taalluqli boʻlgan hamda ularni tanlash va ishga joylashishga koʻmaklashish munosabati bilan Jamiyatga zarur boʻlgan axborot.

Ishga qabul qilishda nomzodlarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishdan maqsad ular bilan Jamiyat oʻrtasida mehnat shartnomasini tuzish imkoniyatini koʻrib chiqish, shuningdek kadrlar zaxirasini shakllantirish hisoblanadi.

Talab etiladigan ma'lumotlarning tarkibi va hajmi, shuningdek bunday ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki hujjatlari asosida belgilanadi.

2. Jamiyat xodimlari, sobiq xodimlari, shuningdek xodimlarning qarindoshlarining.

Xodimlar va ularning qarindoshlarining shaxsga doir ma'lumotlari — muayyan xodimlar va ularning qarindoshlariga taalluqli boʻlgan hamda Jamiyatga mavjud va tugatilgan mehnat munosabatlari munosabati bilan zarur boʻlgan axborot.

Xodimlar va ularning qarindoshlarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishdan maqsad mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi normalarini oʻz ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish, Jamiyatda kadrlar hisobini yuritish va kadrlarga oid ish yuritishni tashkil etish, mehnat shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni tuzish va bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi talablarini bajarish, birlamchi statistik hujjatlarni toʻldirish, xodimlarning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash hisoblanadi.

Talab etiladigan ma'lumotlarning tarkibi va hajmi, shuningdek bunday ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki hujjatlari asosida belgilanadi.

3. Sugʻurta agentlari va agentlik kelishuvi/fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) boshqa shaxslar hamda ularning vakillarining.

Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) sugʻurta agentlari va boshqa shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari — muayyan sugʻurta agentlari va boshqa shaxslarga taalluqli boʻlgan hamda ular bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni amalga oshirish munosabati bilan Jamiyatga zarur boʻlgan axborot.

Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) sugʻurta agentlari va boshqa shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishdan maqsad fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni tuzish va bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish hisoblanadi.

Talab etiladigan ma'lumotlarning tarkibi va hajmi, shuningdek bunday ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki hujjatlari asosida belgilanadi.

4. Jamiyatning rasmiy veb-sayti, mobil servislari (mobil ilovasi, platformasi) foydalanuvchilarining.

Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlari — Jamiyatning amaldagi, shuningdek potensial mijozlariga taalluqli boʻlgan, rasmiy veb-sayt yoki Jamiyatning mobil ilovasi, onlayn-servisi orqali sugʻurta shartnomalarini tuzish, bajarish va (yoki) bekor qilish uchun zarur boʻlgan axborot.

Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishdan maqsad sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga, naf oluvchiga va Jamiyat bilan huquqiy munosabatlarda boʻlgan yoki bunday munosabatlarga kirishayotgan boshqa shaxsga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish, Jamiyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish va roʻyobga chiqarish hisoblanadi.

Bunda sugʻurta shartnomasini tuzish orqali foydalanuvchi (mijoz) shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlari (uchinchi shaxslar) tomonidan ularning shaxsga doir ma'lumotlarini Jamiyatga taqdim etish uchun tegishli tarzda vakolat berilganligini tasdiqlaydi.

Talab etiladigan ma'lumotlarning tarkibi va hajmi, shuningdek bunday ma'lumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki hujjatlari asosida belgilanadi.

5. Sugʻurta hodisasi yuz berganda zarar yetkazilgan jabrlanuvchilar (uchinchi shaxslarning).

Jabrlanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlari — sugʻurta hodisasining holatlarini tekshirish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini (kompensasiyani) amalga oshirish uchun Jamiyatga zarur boʻlgan axborot.

Jabrlanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishdan maqsad sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish hisoblanadi; bunday ishlov berish jabrlanuvchining roziligisiz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.

6. «MyID» davlat tizimi va (yoki) «ANOR-ID» platformasidan foydalangan holda masofaviy identifikasiyadan oʻtuvchi shaxslarning.

Koʻrsatilgan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari — tegishli shaxsning roziligi va topshirigʻi asosida «ANOR-ID» platformasi operatoridan Jamiyat tomonidan uni roʻyxatdan oʻtkazish, identifikasiya qilish va sugʻurta shartnomasini masofadan turib tuzish uchun zarur boʻlgan hajmda olinadigan ma'lumotlar.

Bunday shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishdan maqsad sugʻurta shartnomalarini masofadan turib tuzish va bajarish jarayonida SHDM sub'ektini roʻyxatdan oʻtkazish hamda uning shaxsini tasdiqlashni soddalashtirish hisoblanadi.

 

5-BOB. ISHLOV BERILADIGAN SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR TARKIBI

5.1. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir ma'lumotlar tarkibi SHDM sub'ektlari toifalari boʻyicha belgilanadi:

5.1.1. Ishga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlashda, ular bilan mehnat shartnomasini tuzishda, xodimlar va ularning qarindoshlarining kadrlar hisobini yuritishda:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi, fototasviri;
  • tugʻilgan sanasi va joyi;
  • pasport ma'lumotlari yoki shaxsni tasdiqlovchi ID-karta ma'lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, hujjatni bergan organning nomi);
  • ma'lumoti, malakasi, malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan oʻtishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (ta'lim muassasasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatning seriyasi, raqami, berilgan sanasi, ta'lim muassasasining nomi va joylashgan manzili, ta'lim olishning boshlangan va tugallangan sanasi, fakultet yoki boʻlim, ta'lim muassasasini tamomlaganidan keyingi malakasi va mutaxassisligi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni);
  • yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili va roʻyxatdan oʻtgan sanasi (my.gov.uz);
  • haqiqatda yashash manzili;
  • aloqa ma'lumotlari (telefon raqamlari);
  • oilaviy holati;
  • qarindoshlik aloqalari (F.I.O., qarindoshlik darajasi, tugʻilgan yili, ish joyi);
  • harbiy hisobda turishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar;
  • nogironligi, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi yoki qaramogʻidagi shaxsni parvarish qilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar;
  • mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) va undagi yozuvlar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (hozirgi vaqtdagi mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma'lumotlar — lavozimi, boʻlinmasi, tashkilotning nomi, manzili va telefon raqami, shuningdek boshqa tashkilotlarning rekvizitlari, ularda avval egallagan lavozimlarining toʻliq nomi va mazkur tashkilotlarda ishlagan davri toʻliq koʻrsatilgan holda);
  • bank rekvizitlari (bank kartasi ma'lumotlari).

5.1.2. Mijoz bilan, shu jumladan sugʻurta agenti ishtirokida sugʻurta shartnomasini (sugʻurta polisini, birgalikda sugʻurtalash shartnomasini) rasmiylashtirish/tuzishda:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • tugʻilgan sanasi va joyi;
  • pasport ma'lumotlari yoki ID-karta ma'lumotlari, yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ma'lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, hujjatni bergan organning nomi);
  • yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili/haqiqatda yashash manzili;
  • aloqa ma'lumotlari (telefon raqamlari);
  • haydovchilik guvohnomasi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (guvohnoma seriyasi va raqami, guvohnoma berilgan sana, guvohnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana, guvohnoma amal qiladigan transport vositalari toifalari);
  • soliq toʻlovchining identifikasiya raqami (STIR);
  • transport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma ma'lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, hujjatni bergan organning nomi);
  • sugʻurtalanayotgan transport vositalari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (markasi, modeli, transport vositasining turi, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel raqami, kuzov raqami, VIN, rangi, dvigatel hajmi va turi va h.k.);
  • sugʻurtalanayotgan mol-mulk toʻgʻrisidagi ma'lumotlar, sugʻurta ob'ektlarining manzili;
  • mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma ma'lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, hujjatni bergan organning nomi, huquq sub'ektlari, huquq turi, huquq ob'ekti, kadastr (shartli) raqami, huquqning mavjud cheklovlari);
  • sugʻurta agenti toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (F.I.O., anketa ma'lumotlari, kelishuv raqami va sanasi);
  • sugʻurta shartnomasini tuzish va bajarish uchun zarur boʻlgan hamda bevosita sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan boshqa ma'lumotlar.

5.1.3. Rasmiy veb-sayt, Jamiyatning mobil ilovasi (platformasi) servislaridan tashrif buyuruvchilar tomonidan foydalanishda:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi, fototasviri;
  • tugʻilgan sanasi va joyi, roʻyxatdan oʻtgan manzili;
  • pasport ma'lumotlari yoki shaxsni tasdiqlovchi ID-karta ma'lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, hujjatni bergan organning nomi);
  • aloqa ma'lumotlari (telefon raqamlari);
  • IP-manzil;
  • parol;
  • cookie fayllaridagi ma'lumotlar;
  • geolokasiya;
  • brauzer tili;
  • veb-saytga oʻtishning tashqi manbasi;
  • brauzerning turi va versiyasi;
  • ekran oʻlchami.

5.1.4. SHDM sub'ekti masofadan identifikasiyadan oʻtganda va Jamiyat «ANOR-ID» platformasi operatoridan shaxsga doir ma'lumotlarni olganda:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • tugʻilgan sanasi va joyi;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR);
  • pasport ma'lumotlari yoki ID-karta ma'lumotlari (hujjat turi, seriyasi, raqami);
  • mobil telefon raqami;
  • manzili (viloyat, shahar, tuman, koʻcha, pochta indeksi, mahalla (MFY));
  • «MyID» davlat tizimida identifikasiya qilish natijalari boʻyicha olingan shaxsni tasdiqlash (verifikasiya qilish) natijasi.

Veb-saytda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonida internet-statistika servislari (Yandeks Metrika, Google Analytics va boshqalar) yordamida tashrif buyuruvchilar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar (cookie fayllari va kompyuter yoki mobil qurilmaning IP-manzili; foydalanuvchining joylashgan joyi, uning harakatlari va foydalanayotgan qurilmasi; sessiya sanasi va vaqti) yigʻiladi va ularga ishlov beriladi. Koʻrsatilgan ma'lumotlarga egasizlantirilgan shaklda ishlov beriladi, ular SHDM sub'ektini identifikasiya qilish imkonini bergan hollarda esa — veb-saytga birinchi tashrif buyurishda beriladigan uning roziligi asosida ishlov beriladi.

5.2. SHDM sub'ektining biometrik ma'lumotlari (yuz tasviri) Oʻzbekiston Respublikasi hududida «MyID» davlat tizimida ishlov beriladi va saqlanadi. Jamiyat SHDM sub'ektining biometrik ma'lumotlarini yigʻmaydi va saqlamaydi, balki faqat shaxsni tasdiqlash (verifikasiya qilish) natijasini oladi.

5.3. Jamiyat mazkur Siyosatning 3-bobida koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan hajmdan ortiq miqdorda shaxsga doir ma'lumotlarni yigʻmaydi va ularga ishlov bermaydi.

5.4. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ularning qonuniy vakillarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

 

6-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARGA ISHLOV BERISH TARTIBI VA SHARTLARI

6.1. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq ishlov beradi.

6.2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlari mazkur Siyosat va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan asosiy prinsiplarga rioya etilgan holda saqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy saqlanishi lozim boʻlgan ma'lumotlarga quyidagilar kiradi: jismoniy shaxslarning biometrik ma'lumotlari; jismoniy shaxslarning genetik ma'lumotlari; Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan telekommunikasiya operatorlarining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning ma'lumotlari. Jamiyat tomonidan ishlov beriladigan boshqa shaxsga doir ma'lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 27-1-moddasida va mazkur Siyosatning 7-bobida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.

6.3. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish SHDM sub'ektlarining oʻz shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bergan roziligi asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda bunday roziliksiz amalga oshiriladi.

6.4. Mazkur Siyosatda koʻrsatilgan maqsadlarni amalga oshirish va sugʻurta shartnomalari boʻyicha xizmatlarni lozim darajada koʻrsatish doirasida Jamiyat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi uchinchi shaxslarga shaxsga doir ma'lumotlarni ular tomonidan maxfiylikka rioya qilinishi va ushbu shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda ularning xavfsizligini ta'minlashi, shuningdek ma'lumotlar hajmi tegishli maqsadga erishish uchun zarur boʻlgan hajmdan oshmasligi sharti bilan uzatishga yoʻl qoʻyiladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni oluvchilar qayta sugʻurtalash va birgalikda sugʻurtalash tashkilotlari, sugʻurta agentlari va brokerlari, assistans va servis kompaniyalari, mustaqil baholovchilar (ekspertlar), adjasterlar va syurveyerlar, tibbiy tashkilotlar (shaxsiy va tibbiy sugʻurtalashda), banklar va toʻlov tashkilotlari, identifikasiya platformalari operatorlari, shu jumladan «ANOR TECH» MCHJ («ANOR-ID» platformasi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va tartibda davlat organlari boʻlishi mumkin.

6.5. SHDM sub'ektiga xizmatlarni lozim darajada koʻrsatish va sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni, shu jumladan sugʻurta mukofotlarini hisoblash va toʻlash, zararlarni tartibga solish, zararlangan mol-mulkni koʻzdan kechirish va baholash, zarar miqdorini aniqlash hamda sugʻurta tovonlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Jamiyat SHDM sub'ektining shaxsga doir ma'lumotlarini adjasterlar, syurveyerlar, assistans kompaniyalari va Jamiyat tomonidan jalb etiladigan boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga tegishli maqsadga erishish uchun zarur boʻlgan hajmda uzatishga haqli. Koʻrsatilgan shaxslar shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishlari shart va ularni faqat mazkur ma'lumotlar uzatilgan maqsadlarda qayta ishlashga haqli.

6.6. Jamiyatning topshirigʻi asosida harakat qiluvchi shaxsga shaxsga doir ma'lumotlarni uzatish mazkur shaxsning maxfiylikka rioya qilish va shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash majburiyatini, shaxsga doir ma'lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar roʻyxatini va ularga ishlov berish maqsadlarini nazarda tutuvchi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday shaxsning harakatlari uchun SHDM sub'ekti oldida Jamiyat javobgar boʻladi.

6.7. Jamiyat SHDM sub'ektining roziligi va topshirigʻi asosida, tegishli platforma operatori tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan holdagina, «ANOR-ID» platformasi operatoridan va (yoki) «MyID» davlat tizimidan SHDM sub'ektining shaxsga doir ma'lumotlarini olishga haqli. Shu tarzda olingan shaxsga doir ma'lumotlar Jamiyat tomonidan faqat mazkur Siyosatning 3-bobida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladi. Shaxsga doir ma'lumotlar olingan paytdan boshlab Jamiyat ularning operatori hisoblanadi va shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini mustaqil ravishda ta'minlaydi.

6.8. SHDM sub'ektining «ANOR-ID» platformasining soʻrovi orqali Jamiyatga berilgan topshirigʻiga asosan, Jamiyat SHDM sub'ektiga tegishli boʻlgan, shu jumladan arxivda saqlanayotgan va ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarni, shuningdek ularga ishlov berish maqsadlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni SHDM sub'ekti mazkur ma'lumotlarni taqdim etishni istagan shaxsga taqdim etadi. Ma'lumotlarni uzatish faqat SHDM sub'ektining roziligi va topshirigʻi mavjud boʻlgan taqdirda hamda mazkur topshiriqda koʻrsatilgan hajmda amalga oshiriladi. Xuddi shu tartibda Jamiyat «ANOR-ID» platformasi operatoriga SHDM sub'ektining dolzarb shaxsga doir ma'lumotlarini ularni yangilash (dolzarblashtirish) maqsadida uzatadi.

6.9. «ANOR-ID» platformasi orqali yuborilgan SHDM sub'ektining topshirigʻi bajarilganligi toʻgʻrisida Jamiyat SHDM sub'ektini uning shaxsga doir ma'lumotlari u tomonidan koʻrsatilgan shaxsga uzatilganligi haqida xabardor qiladi va mazkur topshiriq bajarilganligini ma'lum qiladi. Xabarnoma shaxsga doir ma'lumotlar uzatilgan kundan boshlab 1 (bir) ish kunidan kechiktirmay «ANOR-ID» platformasi, Jamiyatning mobil servislari yoki SHDM sub'ekti bilan kelishilgan boshqa usul orqali yuboriladi hamda shaxsga doir ma'lumotlarni oluvchi, uzatilgan ma'lumotlar hajmi, ularga ishlov berish maqsadlari va ma'lumotlar uzatilgan sana toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni oʻz ichiga oladi.

6.10. SHDM sub'ekti topshirigʻida koʻrsatgan shaxsga shaxsga doir ma'lumotlar uzatilgan paytdan boshlab mazkur shaxs olingan shaxsga doir ma'lumotlarning operatori sifatida mustaqil ravishda faoliyat yuritadi, ularga keyinchalik ishlov berish maqsadlari va shartlarini belgilaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarning qonuniy ravishda uzatilishi uchun javob beradi, biroq ularning mazkur shaxs tomonidan keyinchalik qayta ishlanishi va foydalanilishi uchun javobgar boʻlmaydi.

6.11. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishni, shu jumladan sugʻurta shartnomalarini masofadan rasmiylashtirish, sugʻurta xavflarini baholash va sugʻurta firibgarligi belgilari aniqlanishida amalga oshiradi. SHDM sub'ektiga nisbatan yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan qarorlar SHDM sub'ektining roziligi mavjud boʻlganda va (yoki) u tomon boʻlgan shartnomani bajarish maqsadida faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qabul qilinishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 24-moddasi). SHDM sub'ekti bunday qarorga e'tiroz bildirish huquqiga ega; Jamiyat e'tirozni koʻrib chiqadi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida SHDM sub'ektini 10 (oʻn) kun ichida xabardor qiladi.

6.12. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarni SHDM sub'ektini aniqlash imkonini beradigan shaklda axborot tizimlarida va (yoki) qogʻoz tashuvchilarda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlari talab qilgan muddatdan ortiq boʻlmagan davr mobaynida saqlaydi.

Shaxsga doir ma'lumotlarni moddiy (qogʻoz) tashuvchilarda saqlash Jamiyat tomonidan shaxsga doir ma'lumotlar mavjud boʻlgan hujjatlarga ruxsatsiz kirish imkoniyatini istisno etadigan usulda, shu jumladan kalit bilan qulflanadigan metall shkaflar, qulflanadigan tumbalar va seyflardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash muddati ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadlariga erishilgan sana yoki SHDM sub'ektiga xizmat koʻrsatish va unga xizmatlar koʻrsatish toʻxtatilgan sana bilan belgilanadi. SHDM sub'ekti tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga berilgan rozilik qaytarib olingan shaxsga doir ma'lumotlar Jamiyat tomonidan bunday rozilikni qaytarib olish toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab mazkur Siyosatning 9.5-bandida nazarda tutilgan tartibda yoʻq qilinishi lozim. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish muddati sub'ektning oʻz shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bergan roziligi amal qiladigan muddatdan oshmasligi kerak, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va (yoki) ularni saqlash boshqa qonuniy asosda amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno. Shaxsga doir ma'lumotlarning ayrim toifalarini saqlash muddatlari buxgalteriya hisobi, soliq, mehnat va arxiv toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari bilan ham belgilanadi.

6.13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy saqlanishi lozim boʻlgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalari Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 20-moddasida belgilangan tartibda Jamiyat tomonidan Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining Davlat reestrida roʻyxatdan oʻtkaziladi.

 

7-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI CHEGARALARO OSHIRISH

7.1. Mazkur Siyosatning 6.2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy saqlanishi lozim boʻlgan toifalarga kirmaydigan shaxsga doir ma'lumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin:

  • shaxsga doir ma'lumotlar uzatiladigan hududida ushbu ma'lumotlarning teng darajada himoya qilinishini ta'minlaydigan xorijiy davlat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir ma'lumotlarning teng darajada himoya qilinishini ta'minlaydigan xorijiy davlatlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa;
  • Jamiyat vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga javob beradigan standart shartnomaviy shartlarni yoki majburiy korporativ qoidalarni qabul qilgan va ularga rioya qilgan boʻlsa;
  • Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish va saqlash sohasida vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan xalqaro standartlarga rioya qilgan boʻlsa.

7.2. Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 27-1-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy saqlanishi lozim boʻlgan biometrik va genetik shaxsga doir ma'lumotlarni, shuningdek telekommunikasiya operatorlari xizmatlaridan foydalanuvchilarning ma'lumotlarini chegaralararo uzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

7.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni chegaralararo uzatish shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qilishni ta'minlaydigan xorijiy davlatlar hududiga, shuningdek sub'ektning roziligi mavjud boʻlgan taqdirda yoki Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 15-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.

7.4. Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 27-1-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy saqlanishi lozim boʻlgan biometrik va genetik shaxsga doir ma'lumotlarni, shuningdek boshqa shaxsga doir ma'lumotlarni chegaralararo uzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

8-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARGA ISHLOV BERISHDA  ULARNING HIMOYASINI TA'MINLASH

8.1. Jamiyatda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonida ularning xavfsizligi amaldagi qonunchilik, shuningdek axborotni himoya qilish sohasidagi Jamiyatning ichki hujjatlari bilan belgilangan zarur huquqiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni koʻrish orqali ta'minlanadi.

8.2. Jamiyat tomonidan shaxsga doir ma'lumotlarni ularga gʻayriqonuniy yoki tasodifiy kirish, ularni yoʻq qilish, oʻzgartirish, tarqatish va boshqa ruxsat etilmagan harakatlardan himoya qilish quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta'minlanadi:

  • shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni tashkil etish uchun mas'ul shaxsni yoki tarkibiy boʻlinmani tayinlash;
  • shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish sohasida ichki hujjatlarni qabul qilish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish axborot tizimlarida ularni qayta ishlash jarayonida shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash;
  • xavfsizlikka tahdidlarni monitoring qilish, shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish holatlarini aniqlash va tegishli choralarni koʻrish maqsadida axborot tizimlarida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonini monitoring qilish;
  • belgilangan tartibda muvofiqlikni baholash prosedurasidan oʻtgan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish vositalaridan foydalanish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarning mashinada oʻqiladigan tashuvchilarini hisobga olish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirishdan keyin ularni tiklash boʻyicha texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni qoʻllash;
  • axborot tizimlarida ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlarga kirish qoidalarini belgilash, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobini yuritishni ta'minlash;
  • shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish axborot tizimlarining himoyalanganlik darajasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarning qogʻoz tashuvchilariga ruxsatsiz kirishni istisno etadigan va shaxsga doir ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlaydigan shartlarga rioya qilish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash va aloqa kanallari orqali uzatishda ularni shifrlashdan foydalanish;
  • xodimlarning shaxsga doir ma'lumotlarga kirish huquqlarini eng kam zarur boʻlgan vakolatlar prinsipidan kelib chiqqan holda chegaralash;
  • xodimlarni shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari va Jamiyatning ichki hujjatlari bilan tanishtirish, shuningdek ularni oʻqitishni tashkil etish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarni zaxira nusxalash va qoʻllanilayotgan himoya choralarining samaradorligini davriy ravishda tekshirish.

8.3. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni 31-moddasiga muvofiq shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilishni tashkil etish uchun mas'ul boʻlgan tarkibiy boʻlinmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi.

8.4. Shaxsga doir ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularning yoʻqotilishi, oʻzgartirilishi yoki tarqatilishi holatlari aniqlangan taqdirda, Jamiyat hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi va manfaatdor SHDM sub'ektlarini xabardor qiladi.

 

9-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUB'EKTINING UNING SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARIGA ISHLOV BERISHGA ROZILIGI

9.1. SHDM sub'ekti oʻz shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni erkin, oʻz xohish-irodasi va oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qiladi hamda ularga ishlov berishga rozilik beradi. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik SHDM sub'ekti yoki uning vakili tomonidan uning olinganligini tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda berilishi mumkin.

9.2. Internet tarmogʻidagi foydalanuvchi boʻlgan SHDM sub'ektining roziligi rasmiy veb-saytda https://kapitalsugurta.uz roʻyxatdan oʻtish (avtorizasiyadan oʻtish) vaqtida yoki Jamiyatning mobil servislarida (mobil ilova, platforma va h.k.) shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga roziligi va mazkur Siyosat bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi alohida belgini mustaqil ravishda qoʻyish orqali, masofadan identifikasiyadan oʻtishda esa — yagona identifikasiya tizimi ONE-ID orqali ruxsat berish va (yoki) «ANOR-ID» platformasida rozilik toʻgʻrisidagi belgini qoʻyish orqali beriladi.

Rasmiy veb-sayt, mobil ilovalar (platformalar) servislaridan (xizmatlaridan) foydalanish, SHDM sub'ekti nomidan har qanday harakatlarni amalga oshirish Jamiyat tomonidan sub'ektning Jamiyatga rasmiy murojaati sifatida qaraladi. Rasmiy veb-sayt, mobil ilova (platforma) servislariga rozilik toʻgʻrisida yuqorida koʻrsatilgan belgi qoʻyilmagan holda kirishning oʻzi SHDM sub'ektining uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga bergan roziligi sifatida Jamiyat tomonidan qaralmaydi.

9.3. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing maqsadlarida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va reklama xabarlarini olishga rozilik boshqa maqsadlarda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga berilgan rozilikdan alohida tarzda beriladi. SHDM sub'ekti istalgan vaqtda Jamiyatga tegishli xabarnoma yuborish yoki xabarnomada nazarda tutilgan obunani bekor qilish funksiyasidan foydalanish orqali reklama xabarlarini olishdan bosh tortish huquqiga ega.

9.4. Siyosat shartlariga rozi boʻlmagan taqdirda, SHDM sub'ekti Jamiyatning veb-sayti va mobil ilovalari (platformalari) servislaridan foydalanishni darhol toʻxtatishi lozim.

9.5. SHDM sub'ekti shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga bergan roziligini ushbu rozilik berilgan shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida, Jamiyatga ixtiyoriy shakldagi arizani info@go.kapitalsugurta.uz elektron pochta manziliga yuborish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

Bunday holda Jamiyat 30 (oʻttiz) kun ichida sub'ektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni toʻxtatadi va ularni yoʻq qiladi, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va (yoki) ularni saqlash boshqa qonuniy asosda, shu jumladan tuzilgan sugʻurta shartnomasini bajarish, soliq, buxgalteriya hisobi va arxiv toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qiruv qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarish munosabati bilan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno.

Jamiyat arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida SHDM sub'ektini xabardor qiladi.

9.6. Rozilikni qaytarib olish SHDM sub'ektining shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni talab qiladigan qismi boʻyicha rasmiy veb-sayt va Jamiyatning mobil servislaridan keyinchalik foydalanishi imkoniyatining mavjud emasligiga olib keladi.

 

10-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI YANGILASH VA ULARGA ISHLOV BERISHNI TUGATISH SHARTLARI

10.1. Shaxsga doir ma'lumotlar sub'ektlari Jamiyatdan ularning shaxsga doir ma'lumotlarini aniqlashtirishni yoki quyidagi hollarda ularni yoʻq qilishni talab qilish huquqiga ega: agar shaxsga doir ma'lumotlar toʻliq boʻlmasa, eskirgan, notoʻgʻri yoki qonunga xilof ravishda olingan boʻlsa yoxud belgilangan ishlov berish maqsadi uchun zarur boʻlmasa. Shuningdek, SHDM sub'ektlari oʻz huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni koʻrish huquqiga ega.

10.2. Shaxsga doir ma'lumotlarning notoʻgʻriligi yoki ularga ishlov berishning qonunga xilofligi tasdiqlangan taqdirda, Jamiyatdagi shaxsga doir ma'lumotlar tegishlicha yangilanishi yoki yoʻq qilinishi lozim.

10.3. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilgan taqdirda, Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni toʻxtatadi yoki uni toʻxtatishni ta'minlaydi (agar shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish Jamiyatning topshirigʻi asosida harakat qiluvchi boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa) va shaxsga doir ma'lumotlarni yoʻq qiladi yoki ularni yoʻq qilishni ta'minlaydi (agar shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish Jamiyatning topshirigʻi asosida harakat qiluvchi boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa), shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilgan sanadan e'tiboran 30 (oʻttiz) kundan oshmagan muddatda, agar SHDM sub'ekti taraf boʻlgan shartnoma/kelishuvda, Jamiyat va SHDM sub'ekti oʻrtasidagi boshqa kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga koʻra Jamiyat SHDM sub'ektining roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish huquqiga ega boʻlmasa.

10.4. Shaxsga doir ma'lumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish Jamiyat tomonidan SHDM sub'ektining murojaati asosida bunday murojaat qilingan kundan e'tiboran 3 (uch) kundan kechiktirmay amalga oshiriladi; haqiqatga muvofiq boʻlmagan shaxsga doir ma'lumotlar zudlik bilan oʻzgartiriladi va toʻldiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga oid axborotni taqdim etishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma SHDM sub'ektiga 10 (oʻn) kun ichida yozma shaklda yuboriladi.

10.5. Shaxsga doir ma'lumotlar oʻzgartirilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda, Jamiyat ushbu ma'lumotlar uzatilgan shaxsga doir ma'lumotlarni oluvchilarni bu haqda xabardor qiladi, bunday xabardor qilishning imkoni boʻlmagan yoki nomutanosib darajada katta sa'y-harakatlarni talab qilgan holatlar bundan mustasno.

 

11-BOB. SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR SUB'EKTINING HUQUQLARI

11.1. SHDM sub'ekti quyidagi huquqlarga ega:

  • Jamiyatda oʻzining shaxsga doir ma'lumotlari mavjudligi va ularning tarkibi toʻgʻrisida bilish;
  • soʻroviga koʻra shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish toʻgʻrisida axborot olish;
  • oʻzining shaxsga doir ma'lumotlariga kirish imkoniyatini taqdim etish shartlari toʻgʻrisida axborot olish;
  • oʻzining shaxsga doir ma'lumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personallashtirish markaziga yoki sudga murojaat qilish;
  • oʻzining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish va ularni tarqatishga rozilik berish;
  • maxsus shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga yozma rozilik berish;
  • shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish va (yoki) ularni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni elektron shaklda Jamiyatning elektron pochta manziliga yuborish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga berilgan rozilikni qaytarib olish;
  • shaxsga doir ma'lumotlar toʻliq boʻlmagan, eskirgan, notoʻgʻri, qonunga xilof ravishda olingan yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur boʻlmagan taqdirda, oʻzining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishni talab qilish;
  • haqiqatga muvofiq boʻlmagan shaxsga doir ma'lumotlarni tuzatishni, shuningdek qonunga xilof ravishda toʻplangan yoki ularga keyinchalik ishlov berish uchun huquqiy asoslar mavjud boʻlmagan shaxsga doir ma'lumotlarni yoʻq qilishni talab qilish («unutilish huquqi»);
  • faqat avtomatlashtirilgan tarzda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish asosida oʻziga nisbatan qabul qilingan qarorga e'tiroz bildirish;
  • soʻroviga koʻra ishlov berish maqsadlari, ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar toifalari, shaxsga doir ma'lumotlarni oluvchilar toifalari, ularni saqlash muddati yoki ushbu muddatni belgilash mezonlari, shaxsga doir ma'lumotlarni olish manbasi, shuningdek amalga oshirilgan yoki rejalashtirilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarni chegaralararo uzatish toʻgʻrisida axborot olish.

11.2. SHDM sub'ektining boshqa huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi qonunchiligi bilan belgilanadi.

 

12-BOB. YAKUNIY QOIDALAR

12.1. Jamiyat mazkur Siyosatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

12.2. Siyosat Jamiyat tomonidan tasdiqlangan va Jamiyatning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Mazkur Siyosatga kiritilgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida Jamiyat SHDM sub'ektlarini rasmiy veb-sayt, mobil servislar yoki boshqa mavjud aloqa kanallari orqali xabardor qiladi. Agar Siyosatga kiritilgan oʻzgarish shaxsga doir ma'lumotlarga yangi maqsadlarda ishlov berishni nazarda tutsa, Jamiyat bunday ishlov berish uchun SHDM sub'ektining roziligini oladi.

12.3. Mazkur Siyosat va/yoki shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq barcha masalalar, shu jumladan rozilikni qaytarib olish, shaxsga doir ma'lumotlarni aniqlashtirish, bloklash yoki yoʻq qilish toʻgʻrisidagi murojaatlar shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni tashkil etish uchun mas'ul shaxsga Jamiyatning quyidagi elektron pochta manzili orqali: info@go.kapitalsugurta.uz yoki quyidagi manzilga: Oʻzbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 5-tor koʻcha, 4-uy, tel./faks: 998 71 200 1100 yuboriladi.

12.4. SHDM sub'ektlarining murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonunida belgilangan tartib va muddatlarda Jamiyat tomonidan koʻrib chiqiladi.

12.5. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda Jamiyatning harakatlari (harakatsizligi)ga rozi boʻlmagan taqdirda, SHDM sub'ekti oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Personallashtirish markaziga, shuningdek sudga murojaat qilish huquqiga ega.

 

MOBIL ILOVA

Mobil ilovamizni yuklab oling va onlayn rejimda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, sug‘urta polisini rasmiylashtirish, sug’urta voqeasi xaqida arizani topshirish va ariza holatini kuzatish xizmatidan tezkor foydalaning

logotype
logotype

Bog'lanish

  • +(99871) 200 1100
  • office@kapitalsugurta.uz
  • 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy.

Qayta aloqa