• +(99871) 200 1100
  • Filiallar
  • Europrotocol

Baxtsiz hodisa yuz berganda chet elda nima qilish kerak?

Chet elga chiqishni rejalashtiryapsizmi? Birinchi navbatda safar qilish davomiga sayohatchilarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash shartnomasini tuzish haqida unutmang. Ushbu sug'urta xorijiy davlat hududida to'satdan salomatligingiz yomonlashgan taqdirda sizga tibbiy yordam ko'rsatilishini ta'minlab beradi.

Agar sug'urta hodisasi ro'y bersa, darhol xizmat ko'rsatuvchi kompaniyaga murojaat qiling, uning mutaxassisi sizga zarur ko'rsatmalar beradi. O'zingizni o'zingiz davolashga urinmang. Tibbiy muassasada tashxis qo'yilaadi, davolanishni buyuriladi, shuningdek sug'urta kompaniyasiga taqdim etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib beriladi.

Sug'urta rasmiylashtirishda aloqa ma'lumotlari ko'rsatilgan polis taqdim etiladi. Zaruriyat tug'ilsa, mutaxassis telefon orqali baxtsiz hodisani tasdiqlash uchun qanday hujjatlar talab qilinishi borasida maslahat beradi.

Sogʻligingizni asrang va Kapital Sugʻurta bilan kutilmagan vaziyatlardan oʻzingizni himoyalang!

Bog'lanish

  • +(99871) 200 1100
  • office@go.kapitalsugurta.uz
  • O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100000, M.Gandi ko'chasi 44-uy

Qayta aloqa